Joriy yilning 3 mart kuni Qoraqalpog’iston Respublikasida Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari D.J.Kaypov va O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirining birinchi o’rinbosari Sh.J.Teshaev Qoraqalpog’iston Respublikasida 2022 yil hosili uchun sho’r yuvish, g’alla parvarishi, kartoshka, soya, sabzi va boshqadan ekinlarni ekishga tayyorgarlik ko’rish ishlari bo’yicha Chimboy tumanida ko’rgazmali seminar o’tkazdilar..
Seminarda, Tuman hokimi, 4 ta sektor rahbarlari, sohaning etakchi olimlari, qishloq xo’jaligi barcha klasterlar va kooperattsiya rahbarlari, hamda qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi tegishli rahbarlarga 2022 yil hosili uchun erlarni sifatli tayyorlash, muddatida ekish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.