Qishloq xo‘jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadigan sohadir.
Shu bois bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasini uzoqni ko‘zlagan holda amalda isloh qilish orqali yerdan unumli foydalanish bilan bozor mexanizmlarini joriy etishda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qishloq xo‘jaligining to‘rtta daftari hisobiga kiritilgan piyoz, sabzi, soya va kartoshka mahsulotlarini yetishtirishga ahamiyat qaratilmoqda.
“Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan “Ziyo-nurli maskan” fermer xo‘jaligida jami 100 gektardan oshiq yer maydoni mavjud. Bugungi kunda 50 gektar yerga chigit, 15 gektar yerga g‘alla ekish bilan bir qatorda 2 gektar erga kartoshka, 2 gektar yerga soya, 1,5 gektar yerga sabzi va 1 gektarga piyoz va 1 gektardan oshiq yerga poliz mahsulotlari ekildi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaligida hududdagi 10 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlangan.