Bugun Nukus tumanidagi Don va sholi ilimiy ishlab chiqarish birlashmasida, joriy yil hosili uchun urug‘lik maqsadida ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o’tdi.
Seminarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, Suv xo‘jaligi tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi D.Utambetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Kaypov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar rahbarlik qildi.
Mazkur ko’rgazmali seminarga, tumanlardan, tuman xokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman Qishloq xo‘jaligi va Agroinspeksiya bo‘limlarining boshliqlari, Agrosanoat filialining tuman laboratoriya mutaxassislari, o‘simliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bo‘limi boshliqlari, hududiy don korxonalari va urug‘lik tayyorlash sex rahbarlari hamda g‘allachilik yo‘nalishidagi klasterlari, elita urug‘lik xo‘jaliklari va urug‘lik g‘alla ekadigan fermer xo‘jaliklari qatnashdilar.
Nukus tumanida o’tkazilgan ko’rgazmali seminar.
