❇️Qoraqalpoģiston Respublikasi hududlarida yuzaga keliyotgan suv tanqisligini oldini olish hamda Qishloq xójaligi ekinlarini yetishtirishda suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida,
Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-may kungi PQ-251-sonli qaroriga asosan 2022 yilda Respublika tumanlarida 43 ta fermer xójaliklari hamda dorivor ósimliklar yetishtiruvchi sub’ektlar tomonidan 1 ming 823 gektar maydonga dorivor ósimliklar (Qizilmiya) plantatsiyasi tashkil qilindi.
❇️Shuningdek Qoraqalpoģiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 22 fevraldagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2022-yil hosili uchun qishloq xójaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tóģrisida”gi 89-13-0-Q/22-sonli qaroriga muvofiq, suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida 26 ming 680 gektar maydonlarda ekildi va ushbu Kunjut ekilgan maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida 32 ming 125 tonna kunjut yetishtirildi.