Qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, bu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar mehnatini baholash muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilning 27-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bayram munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida sohada olib borilayotgan samarali ishlar, qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi va ish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etgani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri D.Kaypov tomonidan soha mutaxassislari faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, vazir D.Kaypov soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.