Beruniy hamda To‘rtko‘l tumanlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi, tuman hokimliklari va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bo‘limi hamda soha olimlari bilan hamkorlikda «2025 yil hosili uchun g‘o‘za navlarini maqbul joylashtirish va yuqori samarali mahalliy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish hamda g‘o‘za urug‘chiligi bilan bog‘liq ishlovlar» mavzusida seminar tashkil etildi.
O‘tkazilgan seminarda tuman dehqon fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari, tumandagi barcha paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi klasterlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, urug‘lik ekish otryadlari rahbarlari, paxtachilik yo‘nalishidagi klasterlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari N.Kayupov so‘zga chiqib, 2025-yil hosili uchun g‘o‘za navlarini maqbul joylashtirish va yuqori samarali mahalliy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish hamda g‘o‘za urug‘chiligi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan barcha korxonalar bilan hamkorlikda olib borishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Seminar yakunida tuman agromaslahatchilari tomonidan innovatsion ishlanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududdagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda tavsiyalar berilishi aytib o‘tildi.