Yer yuzidagi ishlatiladigan suvining taxminan 70 foizi qishloq xo‘jaligi uchun sarflanadi. Eng ko‘p suv sarflanadigan ekinlar g‘alla, sholi va va paxta ekan.

Permakultura – kelajak texnologiyasi: permakultura bugungi kunda qishloq xo‘jaligidagi eng ekologik usullardan biri bo‘lib, tabiatga zarar yetkazmaydigan tarzda oziq-ovqat yetishtirishni maqsad qiladi.

Bambuk dunyoda eng tez o‘sadigan o‘simlik ekan. U bir kunda 91 sm gacha o‘sishi mumkin! Undan qurilish, tekstil va oziq-ovqat sanoatida foydlaniladi.

Qishloq xo‘jaligida dronlar ekinlar rivojini kuzatish, suv yetkazib berish, hatto zararkunandalarni topish uchun foydalaniladi. Bu usul vaqt va resurslarni tejaydi.

Quyosh panellari va qishloq xo‘jaligi: “Agrovoltaika” texnologiyasi quyosh panellarini qishloq xo‘jaligida qo‘llash orqali elektr energiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarishni birlashtiradi.

Robotlashgan fermerlik: Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda robot fermerlar pomidor va sabzavotlarni yig‘ib olish, ularni saralash bilan shug‘ullanadi. Bu ishchi kuchining yetishmasligini kamaytirishga yordam beradi.