Dehqon uchun yilning to‘rt fasli ham ish mavsumi bo‘lib, yil bo‘yi fidokorona mehnat qilib, yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olgan dehqonlar hosildan bo‘shagan yerlarni shudgorlash va sho‘r yuvishga tayyorlash ishlari bilan bir qatorda texnikalarni ta’mirlashga ham kirishadi.
Xalqimiz «texnika dehqonning qo‘l-qanoti» deb bejiz aytmagan.Qishloq xo‘jaligi texnikalarini qishda bahorgi ekish mavsumiga puxta tayyorlash yangi mavsum ishlarining o‘z vaqtida va samarali bajarilishiga zamin yaratadi.
Masalan, chigit ekishga kirishishdan oldin seyalkaning butunligi, qismi va detallari yaxshi mahkamlanganligi tekshiriladi, ekish jarayoni va sifatiga bevosita ta’sir etuvchi qismlarga alohida e’tibor qaratiladi. Chigit ekish seyalkasining texnik holati esa mavsum oldidan va ish davomida uning sozligiga qarab baholanadi, shuningdek, mavsum davomida ortiqcha muammolarni keltirib chiqarmaydi.
Qishloq xo‘jaligi texnikalarining ish samaradorligini oshirishdagi texnika turlariga: chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit ekish seyalkalari, mineral o‘g‘it sepgichlar, yer tekislash uskunalari, chizellar, paxta terish mashinalari, g‘alla o‘rish kombaynlari, yangi zamonaviy qishloq xo‘jaligi traktorlari, tishli baranalar va boshqa texnika turlari kiradi.
Ushbu texnikalar inson qo‘li bilan bajariladigan ko‘plab og‘ir ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi.Masalan, traktorlar, kombaynlar, ekish va sug‘orish mashinalari kabi texnikalar katta maydonlarda qisqa vaqt ichida ko‘plab ishlarni bajaradi.Bu esa mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshiradi.
Ular ko‘p funksiyaga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir qancha ishlarni bajaradi.Masalan, ekin maydonlarini haydash, ekish, o‘g‘itlash va o‘tlarni tozalash kabi ishlarni amalga oshirishi mumkin.Natijada Ish hajmi 30-40% ga ortib, qo‘l mehnati sezilarli darajada kamayadi.
Maxsus ekish texnikalari (masalan, ekish seyalka mashinalari) urug‘larni bir xil chuqurlikda va aniq joyda ekish imkoniyatini yaratadi.Bu hosilning bir tekis o‘sishini va maqbul o‘g‘itlanishini ta’minlaydi.Shuningdek, resurslarni tejab, hosildorlikni oshiradi.