Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari A.Shukurov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari N.Kayupov va jahon banki xodimlari Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar.

⌛Tashrif davomida, institutda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishdilar va mavjud muammolarni bartaraf etish hamda institut tajriba xoʻjaligining moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligini modernizasiya qilish loyihasi doirasida institutga ajratilgan 600,0 ming AQSh dollar mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.


✔️Shuningdek, Institutda mehnat faoliyatini olib borayotgan olimlar bilan fikir almashib, yaratilayotgan yangi navlarning ekin maydonlarini kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
