Sug‘oriladigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda tuproqqa asosiy ishlov berish, ya’ni kuzgi shudgorlash muhim ahamiyatga ega.Yerlarni sifatli shudgorlashga tayyorlash uchun traktor va pluglar oldindan ishga tayyor holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydashga tayyor bo‘lishi zarur.Har yili yurtimizda mavsum boshidan ekin ekishga yer maydonlarini tayyorlash, sho‘r yuvish, kuzda yerni sifatli shudgorlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Respublikamiz tumanlarida 2025-yil hosili uchun ekin maydonlarini tayyorlash, shudgorlash ishlari samarali davom etmoqda.Xususan, jami 85 ming gektar yer maydonlarini shudgorlash ishlari belgilangan bo‘lib, bugungi kunga kelib 72 ming gektardan ortig‘i, ya’ni 85 foizi shudgorlandi.Ushbu agrotexnik tadbir Ellikqal’a tumanida ham muhim ishlardan biri qatorida olib borilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish avvalo ekilgan maydonning hosildorligiga bog‘liq.Bu borada eng zarur agrotexnik tadbirlardan biri tuproqqa asosiy ishlov berish, ya’ni shudgorlash hisoblanadi.Shudgorlash tuproqning barcha xossalariga: agrofizik, agrokimyoviy, biologik xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jarayon bo‘lib, bunda tuproqning hajm massasi, havo almashinuvi, mikrobiologik jarayonlari sezilarli darajada yaxshilanadi.