Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida yillar mobaynida dasturlar asosida ko‘p yillik mevali daraxtzorlar ekilib, hozirgi kunda hosil berib kelmoqda.Lekin hozirgi kunda ushbu ko‘p yillik mevali daraxtzorlar qishloq xo‘jaligi hisobatlarida boshqa qishloq xo‘jaligi yer turlarida qolmoqda.Bu har yili qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, suvni taqsimlash va boshqa ko‘rsatkishlarni belgilashda hamda hisobatlarni yuritishda, bir qator qiyinchiliklarni tuǵdirib kelmoqda.Shundan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda, hisobotlarning shaffofligini ta`minlash hamda yer hisobatlarini tartibga solish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 11-yanvardagi 5-13-0-F/25-sonli hamda Taxiatosh tumani hokimining 2025-yil 20-yanvar kungi 38-13-215-F/25-sonli Farmoyishi asosida Taxiatosh tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xojaligi va qishloq xo‘jaligi karxonalarida mavjud bog‘ va tokzorlarni xatlovdan o‘tkazish, kam hosilli hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz bog‘ va tokzorlarni aniqlash bo‘yicha ishchi guruh a’zolari bilan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.