Amudaryo tumanida joylashgan “Tosh yop” hududidagi «Mang‘it Invest plyus» MCHJga qarashli 1 gektar maydonni o‘z ichiga olgan issiqxona 2019-yilda Xitoy texnologiyasi asosida ishga tushirilgan bo‘lib, asosan pomidor, bodring mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunga qadar issiqxonada 55 tonnadan ziyod mahsulot yetishtirilib, ichki bozorlarga tarqatilib, hudud aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.Shuningdek, eksport hajmini oshirish maqsadida Qozog‘iston hamda Rossiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda.Bu o‘z navbatida qo‘shimcha daromad manbai hisoblanib, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

 

 

 

 

Ushbu issiqxonada doimiy 7 kishi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bugungi kunda yetishtirilgan mahsulotlarni terish ishlari olib borilmoqda.