Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi hamda Kyoto universiteti dotsentining taklifiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri Sh.Teshayev bilan JICA tashkilotining Toshkent shahridagi filiali mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari N.Qayupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.Orazimbetov hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Iqtisodiy rivojlanish bo‘limi direktori Ban Daichi, JICA tashkilotining Toshkent shahridagi filiali bosh mutaxassislari Noguchi Akushiko, Qurbonov Farxod, Satreps Blue loyihasi koordinatori Ishigaki Shigeki va Yaponiyaning Kyoto universiteti dotsenti Xujanazarov Temur ishtirok etdi.

SATREPS – bu qo‘shma xalqaro tadqiqotlarni rivojlantirish uchun Yaponiya hukumatining dasturi bo‘lib, ushbu dasturda Yaponiya fan va texnika agentligi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va mamlakatimiz o‘rtasidagi hamkorlik sifatida tuzilgan.Loyihada ko‘rsatilgan davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib, dastur mahalliy va global jamiyatga amaliy foyda keltiradigan tadqiqotlarning innovatsion natijalarini va ularning yutuqlarini joriy etish orqali global muammolarni hal qilishga qaratilgan.