Shumanay tumani fermerlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda fermerlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan muhim ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda «BIONOVATIK AGRO» kompaniyasining O‘rta Osiyo mintaqaviy vakili A.Sultanov, Paxtachilik departamenti boshlig‘i F.Teshayev, qishloq xo‘jaligi sohasining tegishli xodimlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda fermerlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlash uchun qilinayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.Bu borada fermerlarga yaratilgan yangi imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur uchrashuv Shumanay tumani fermerlariga o‘z biznesini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini berdi.