Joriy yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining soha vakillari, mas’ul mutaxassislar va viloyatlardagi Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari bo‘limlari ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokama qilingan masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilishda Agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiya grant loyihalarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.Shu munosabat bilan vazir o‘rinbosarlaridan boshlab, bo‘lim boshliqlarigacha barcha mutasaddilar haftada ikki kun investitsiya masalalari bilan shug‘ullanishi bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.Shuningdek, har bir tashkilot grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha yangi dasturlar ishlab chiqib, ularni o‘z vaqtida taqdim etishi zarurligi aytib o‘tildi.