“Qishloq xo’jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo’yicha navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8815)

🔰 Farmonga ko’ra, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo’shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

✔️ Yangi tizim doirasida:

🔹yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug’orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo’lgan o’lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;

🔹elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo’qligidan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.

⚠️ Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g’olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo’ladi, jumladan:

▪️yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;

▪️qishloq xo’jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;

▪️yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;

▪️dala chetida 20 sotixdan ko’p bo’lmagan, qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi obyektlarni joylashtirish.