Bugun, Ellikqal’a tumani “Navoiy” OFY hududida joylashgan «Javohir asl meva bog‘i» fermer xo‘jaligida mevali bog‘larga ishlov berish va bugungi kunda zararkunandalarga qarshi Bordo suyuqligini tayyorlash va boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Ellikqal’a tumani loyiha ofisi mutaxassisi U.Baltaboyev, agronom mutaxassislar A.Abdullayev va A.Seytimbetovlar ishtirok etdi.Seminarga yig‘ilgan bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbarlariga bugungi kunda bog‘larda kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar ishtirokchilariga 2024-yil 30-sentabr kuni Hurmatli Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 151-sonli «Respublikada Agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish va sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni yaratishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va 344-sonli «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlarida fermer xo‘jaliklariga berilgan imtiyozlar bo‘yicha tushunchalar berildi.