Texnik bazani mustahkamlash va samaradorlikni oshirish mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Hozirda ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif manzili ham ayni shu tarmoqqa ixtisoslashtirilgan Amudaryo tumanidagi “To‘lqin” masʼuliyati cheklangan muqobil mashina traktor parki bo‘ldi.
“To‘lqin” MMTP hududdagi fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatadi.Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarni o‘z vaqtida shudgorlash, yerlarni haydash, tekislash va kelgusi yil hosili uchun mustahkam zamin tayyorlashda MMTP da ish jarayonlari jadal ketmoqda.
MMTP muhandis-texnik xodimlari joriy mavsumda ham fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatishni yana-da yaxshilash maqsadida texnika vositalari, ekishda qatnashadigan agregatlarni sifatli taʼmirlash va bahorgi mavsumga taxt qilib qo‘yish borasida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan bamaslahat ish yuritishmoqda.