Sohada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Amudaryo tumani «Cho‘yko‘l» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi «Xudaybergen Nurimbetov» fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan agrotexnik ishlar bilan tanishdi.Jumladan, dala chetlaridan unumli foydalanish, olib borilayotgan ekish jarayonlari, daraxtlar oralig‘i, ularga suvning to‘liq yetib borishini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan harakatlar, dala chetlarida bajarilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

 

 

 

 

 

Bugungi kunda dala hududidagi ariqlarni betonlashtirish, uning atrofidagi ekinlarga yo‘naltirilgan suvning isrof bo‘lish xavfini bartaraf etgan holda, uni to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirish ham asosiy vazifalar sirasiga kiradi.Shu maqsadda ushbu hududdagi qariyb 1 km masofaga teng ariqni betonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hozirda ariqning yarmi beton qoplama bilan qoplangan.

 

Shu bilan birga, mutasaddilarga dala chetlariga daraxtlarni belgilangan tartibda ekish, irrigatsiya tizimlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, dala madaniyatini shakllantirish, qilinayotgan ishlar samaradorligini ta’minlash, hududda yetishtirilayotgan ekinlar hosildorligini, yer unumdorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab vazifalar berildi.