Joriy yilning 6- fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida eksport bilan shuǵıllanuvchi eksportyorlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari N.Kayupov, soha mutaxassislari, va Koreya Respublikasidan kelgan MCHJ rahbarlari Hong yoon Ho hamda Park Dal Young ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

Mazkur uchrashuvda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida yetishtirilgan mosh mahsulotlarini dehqon va fermer xo‘jaliklaridan sotib olib, ularni qayta ishlash hamda har qil davlatlarga eksport qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzakaralar olib borildi.Shuningdek, kelgusida boshqa mahsulotlarni ham eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.