O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-7-sonli Farmonining mazmun-mohiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev rahbarligida Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotish tizimini moliyalashtirishni bozor mexanizmlariga moslashtirish, paxta tannarxini maqbullashtirish, paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, xo‘jaliklarning va qayta ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida belgilangan vazifalar hamda topshiriqlar haqida tushuntirib o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining bosh yuriskonsultı K.Ótepov tomonidan mazkur Farmonda belgilangan birjadagi barcha shartnomalar «Agroplatforma» axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuzilishi, 2025-yil paxta hosilidan boshlab, fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda tuzilishi, forvard shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-martigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxlarda tuzilishi hamda spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xom ashyosi hajmiga xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxda tuzilishi bo‘yicha soha mutaxassislariga oqib eshittirilib, batafsil ma‘lumotlar aytib o‘tildi.