Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida mutaxassislarning siyosiy bilim va malakasini oshirishga qaratilgan «Siyosiy ma’rifat soati» bo‘lib o‘tdi.Unda soha mutaxassislari mamlakatimizda va xorijda ro‘y berayotgan eng muhim bo‘lgan so‘nggi yangiliklarning mazmuni bilan yaqindan tanishdi.





Shuningdek, 14-fevral oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, davlat arbobi, isteʻdotli sarkarda Zahiriddin Muxammad Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi huzuridagi ijtimoiy-maʻnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan taqdimot materiallari soha mutaxassislariga taqdim qilindi.
