Joriy yilning 19-fevral kuni Qorao‘zak tumanida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.O‘tkazilgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi A.Baymuratov, soha vakillari hamda fermerlar ishtirok etdi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-465-sonli qarorining ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalar bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati ta’kidlab o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

Uchrashuv davomida 2025-yil hosili uchun ekin maydonlarini shudgorlash, suvdan unumli foydalanish, sho‘r yuvish, g‘alla parvarishi hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.