O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2025 yildagi PF-22-sonli “tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta‘minlash maqsadida, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari tomonidan Amudaryo tumanida issiqxonalardan samarali foydalanish bo‘yicha aholi tomorqalarida ixcham issiqxonalar tashkil qilib, yiliga 2-3 marta hosil olish hamda limonchilikni rivojlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

Shuningdek, issiqxonalarda sabzovot yetishtirishda tomchilatib sug’orish tizimining avzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Mazkur issiqxonada sabzavot ko‘chatlarini tarbiyalashda tomorqa yer egalariga keng tushuntirish ishlari olib borilib, xususan, ularni parvarishlash, mineral og‘itlar bilan oziqlantirish, zararkunandalardan himoyalash bo‘yicha tavsiyalar aytib o‘tildi.

 

Ushbu issiqxonada asosan bulg‘or qalampiri va pomidor ekinlari ekilib, suvdan samarali foydalanish maqsadida suv tejovchi tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilmoqda.