Xo’jayli tumani hududidagi g‘alla maydonlarida soha vakillarining tavsiyalari asosida maxsus texnikalar yordamida g‘alla maydonlarini oziqlantirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

G‘allachilikda muhim agrotexnik tadbirlardan biri bu – mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hisoblanadi.Kuzgi bug‘doy bahorda va boshoqlash davrida yetarli miqdorda o‘g‘itlar bilan taʼminlanishi o‘simlikning yaxshi tuplashiga hamda o‘sish-rivojlanish jarayonlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

 

G‘alla maydonlariga azotli mineral o‘g‘itlar yetarli miqdorda qo‘llanilsa, bug‘doy boshoqlari yaxshi rivojlanadi va donlar soni ham ortadi.Ushbu agrotexnik tadbirlar o‘z navbatida tuproq unumdorligini oshirish bilan birga, o‘simlikni zarur bo‘lgan muhim mikroelementlar bilan to‘yintirishga xizmat qiladi.