Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslarini tejash orqali yuqori hosildorlikka erishishda, ekin yerlarini lazerli tekislash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.Lazerli tekislash – bu lazer nuri va traktorga o‘rnatilgan maxsus uskuna yordamida yerni tekislashning mexanizatsiyalashgan texnologiyasi bo‘lib, bugungi kunda ushbu texnika yordamida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xo‘jayli tumani «Samanko‘l» OFY hududida joylashgan «As Agro Grant» MCHJ tomonidan 3,0 gektar ekin yer maydoniga lazerli tekislash orqali ishlov berilib, hozirgi vaqtda meva ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.