Ellikqal’a tumani «Qilichinoq» OFY hududida joylashgan «Elnur olmalari» fermer xo‘jaligida bog‘ qator oralaridan unumli foydalanish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.Unda tumandagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan dehqon fermerlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan seminarda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Ellikqal’a tumani mutaxassislari tomonidan bog‘dorchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, unda mevali bog‘ oralaridagi yerlardan samarali foydalanib poliz mahsulotlarini yetishtirish, ekinlarda uchraydigan zararli kasalliklarga qarshi preparatlarni qo‘llash, tuproq unumdorligini oshirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha bir qator ishlar aytib o‘tildi.