Bugun Taxiatosh tumani «Nayman ko‘l» OFY hududida joylashgan «Abdiraxman Alibek Xojeli» agrofirmasining 6 gektar bog‘ maydonida bog‘ qator oralaridagi yerlardan unumli foydalanish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.Unda tumandagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan dehqon fermerlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

 

 

 

O‘tkazilgan seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi agroxizmatlar markazi hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan bog‘dorchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, unda mevali bog‘ oralaridagi yerlardan samarali foydalanib poliz mahsulotlarini yetishtirish, ekinlarda uchraydigan zararli kasalliklarga qarshi preparatlarni qo‘llash, tuproq unumdorligini oshirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha bir qator ishlar tushuntirib o‘tildi.