Qishloq xo‘jaligi sohasida ma’naviy-ma’rifiy va davlat tilini joriy etish borasidagi ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining 2025-yil 21-apreldagi 99-sonli buyrug‘i asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan vazirlik va uning huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy etish borasidagi faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi E.Abdualimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i T.Atamuratov va vazirlikning barcha bo‘limlari ishtirok etdi.

Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, xodimlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, davlat tilini o‘rganish va joriy etishni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur majlis qishloq xo‘jaligi sohasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilini joriy etish borasidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish, xodimlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va davlat tili siyosatini mustahkamlashga xizmat qiladi.