Paxta dalalarida ko‘rgazmali seminar
Chimboy tumani «Baxtli» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi «Qudaybergen Guldana» fermer xo‘jaligi hamda Qorao‘zak tumani «Berdax» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi «Qoraqalpoq agro klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyatining paxta maydonlarida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminar paxta ekinlarining unib chiqqan g‘o‘za qator oralarini yumshatish, begona o‘tlardan tozalash, zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishga bag‘ishlandi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining qo‘mita raisi A.Jumanazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlar kengashi raisi I.Yusupov, tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligiga oid tashkilotlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida fermerlarga paxtani zararkunandalardan himoya qilish, sug‘orish, o‘g‘itlash va boshqa muhim amaliy masalalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan paxta ekinlarini parvarishlashda qo‘llaniladigan zamonaviy texnikalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va o‘g‘itlar namoyish etildi. Fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va tajribali mutaxassislar bilan fikr almashdilar.