Zamonaviy chorvachilik
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-sonli «Chorvachilikda identifikatsiyalash tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Beruniy tumani «Sarkop» ovul fuqarolar yig’ini hududida joylashgan «Shaxnoza Baniu» chorva fermer xo’jaligida identifikatsiyalash bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi identifikatsiya markazi bo’lim boshlig’i O.Bolkiev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi raisi o’rinbosari B.Qurbaniyazov, mahalliy fermerlar va chorvachilik sohasiga aloqador mutaxassislar ishtirok etdilar.
«Shaxnoza Baniu» chorva fermer xo’jaligida o’tkazilgan mazkur seminar chorvachilik sohasini zamonaviylashtirish va rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam. Ushbu seminar fermerlarga o’z xo’jaliklarini samarali boshqarish, hosildorlikni oshirish va chorvachilik sohasida yangi bosqichga o’tishga yordam beradi.
Umid qilamizki, «Shaxnoza Baniu» chorva fermer xo’jaligida boshlangan bu jarayon boshqa xo’jaliklarga ham namuna bo’lib, chorvachilik sohasini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.