Chorva ozuqasi gidroponika usulida!
«Beruniy Agro Star» MChJ va «Panayev Farms» fermer xo’jaligi hamkorligida aholi uchun gidroponika usulidagi chorva ozuqasi yetishtirish loyihasi boshlandi.
Bu texnologiya faqat ichimlik suvi yordamida 7 kun ichida 560 kg gacha chorva ozuqasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Gidroponika uskunasi quyidagi xususiyatlarga ega:
🔵 Maydoni: 3.6 kv. metr
🔵 Idishlar soni: 32 dona
🔵 Urug’ sarfi: 80 kg (to’liq quvvatda)
Bug’doy urug’idan hosil bo’lgan yashil ozuqa:
🔵 Protein, fruktoza, saxaroza, selen va boshqa foydali vitaminlarga boy
🔵 Chorva mollari uchun muhim ozuqa manbai
Sinov tariqasida:
⏺Beruniy, Qo’ng’irot va Chimboy tumanlaridagi aholi xonadonlariga gidroponika uskunalari o’rnatildi.
Ilg’or texnologiya:
⏺Tejamkorlik va foyda kaliti!
Bu yangi texnologiya chorvachilik sohasida o’zgarish qilishi va fermalarni ozuqa bilan ta’minlashda samaradorlikni oshirishi mumkin.