#Siyosiy_ma’rifat_soati
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunning dolzarb mavzularini muhokama qildi
Har haftaning juma kuni o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifiy soat bugun ham o‘z vaqtida bo‘lib o‘tdi. Ushbu soatlar mamlakatimizda yuz berayotgan muhim voqealar, kunning dolzarb masalalari va mavzulari haqida ma’lumot berish, xodimlarni xabardor qilish va ularning siyosiy ong-tushunchalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Bugungi siyosiy-ma’rifiy soat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tumanlardagi qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari tomonidan tinglandi. Soat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar va ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ushbu siyosiy-ma’rifiy soatlar qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlarining siyosiy bilimlarini oshirishga, ularning ish faoliyatini samarali tashkil etishga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur tushunishga xizmat qiladi.