G’alla oʻrim-yigʻimi oldidan texnikalar tayyorgarligi oʻrganildi

Beruniy tumanida 2025-yil hosili uchun 3.800 gektar maydonga gʻalla ekilgan boʻlib, mavsum davomida va oʻz vaqtida berilgan e’tibor, agrotexnik tadbirlar sabab gʻalla pishib yetilmoqda. Yaqin kunlar ichida oʻrim-yigʻim ishlari dalalarda avj oladi.

Mavsumda qatnashuvchi kombayn va texnikalar sozligini oʻrganish va muhim tayyorgarliklar koʻrish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov Beruniy tumanida boʻlib, jarayonlar bilan tanishdi. Tuman hokimi I.Xidirov olib borilayotgan ishlar boʻyicha ma’lumotlar berdi.

G’alla saqlanadigan omborlar holati, ishchi, xizmatchilarga oʻz vaqtida maoshlari berilishi boʻyicha muhim koʻtsatma va topshiriqlar berildi.

Xalq rizq-roʻzi boʻlgan gʻalla hosilini turli yongʻinlardan asrash boʻyicha tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.