Ipakchilik an’anaviy kasbning yangi nafasi
Qishloq xo‘jaligi sohasida ipakchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz rahbarligida ipakchilik sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani, bu sohani bundan buyon ham rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Pilla yetishtirish ota-bobolarimizdan kelib chiqqan mashaqqatli, mehnati og‘ir, shu bilan birga, daromadli ish hisoblanadi.


Shumanay tumanida ipakchilik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. «Ketenlar» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, ipakchi F.Orazbaevaning oilasi shu mahallada yashovchi A.Bakirova, D.Uzaqbaeva, A.Ernazarovalar bilan birgalikda 4 quti ipak qurti olib, rejani oshirib bajarishni maqsad qilgan.


Shuningdek, «Dehqonobod» mahallasida yashovchi G.Xalmuratova mahalladagi bo‘sh o‘tirgan ayollar bilan hamkorlikda, 3 quti ipak qurti olib, rejani oshirib bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Uyda o‘tirib, daromad topish imkoniyatidan foydalanayotgan ayollar pilla xirmoniga o‘z hissasini qo‘shib, ipak qurti boqmoqda.
