
Kegeyli tumanida yangi mineral preparatlar sinovdan o‘tkazilmoqda
Kegeyli tumanida OAV vakillari uchun suratga olish tashkil etildi. Unda bog‘ va ekinlar uchun yangi yaratilgan mineral preparatlarning foydali jihatlari o‘rganildi. Jumladan, «Silico Elite» preparati suspenziya sifatida ekinlar va bog‘larni oziqlantirish uchun sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu preparatning foydali ta’sirlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi va kelgusida uning samaradorligi haqida tadqiqotlar olib boriladi.
