Pillachilik: Bir oylik mehnat, yaxshi daromad!

Ipakchilik – O’zbekistonning qadimgi va boy tarixiga ega bo’lgan soha. Bugungi kunda u nafaqat madaniy merosning bir bo’lagi, balki yuqori daromad keltiruvchi zamonaviy tarmoqqa aylanmoqda. Pillachilik nisbatan kam xarajat evaziga tez daromad olish imkonini beradi.

Serquyosh yurtimizning iliq iqlimi tut daraxtining ko’p yetishtirilishiga imkon beradi, bu esa pillachilikni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Ipak qurti faqatgina 25-30 kun davomida boqiladi, ammo bu qisqa muddat ichida tayyor mahsulot – pilla olinadi, bu esa ichki va tashqi bozorda talabgir mahsulot hisoblanadi.

Bu yil ham Amudaryolik pillakorlar g’ayrat va shijoat bilan ipak qurti parvarishlashmoqda. Tuman bo’yicha peshqadamlar safida pilla topshirayotganlar tuman hokimligi tomonidan sovg’alar bilan rag’batlantirilgan.