Bo‘zatovda fuqarolarning murojaatlari tinglandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev Bo‘zatov tumanida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

«Erkindaryo» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 7-sonli maktabda o‘tkazilgan sayyor qabulda nafaqat fuqarolarning murojaatlari, balki ularning takliflari ham e’tiborga olindi.

Qabulda tuman hokimi B.Ubbiniyazov va qishloq va suv xo’jaligi bo’limi xodimlari ham ishtirok etdi.

Fuqarolar, asosan, tomorqalarga suv yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni ko‘tarishdi. Suv yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarga suv yetkazishni tashkil etish, ariqlarni tozalash va yangi ariqlar qazish zarurligi ta’kidlandi.

Sh.Teshayev fuqarolar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi. Jumladan, tumanda har hafta shanba va yakshanba kunlari faqat tomorqa yerlarga suv yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha tuman suv xo‘jaligi bo‘limlariga topshiriqlar berildi.