Ellikqal’ada g‘o‘za qator oralarini sug‘orish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
Ellikqal’a tumanidagi «Saxtiyon» mahalla fuqoralar yig’ini hududidagi «Saxtiyon Azamat» fermer xo‘jaligida g‘o‘za qator oralarini sug‘orish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi V.Niyazimbetov, hokim o‘rinbosarlari va bir qator fermerlar ishtirok etdi.
Seminarda g‘o‘zani sug‘orishning zamonaviy usullari, suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ushbu seminar fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, suvdan samarali foydalanish va yuqori hosil olishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.