Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi apparati xodimlari uchun har haftaning juma kunida o‘tkaziladigan siyosiy-ma’rifiy soat bugun ham o‘z vaqtida tashkil etildi.

Siyosiy-ma’rifiy soat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar va ularning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosarlari ishtirokida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekish mavsumini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.