Taxiatoshda paxta qator oralarini sug‘orish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
Taxiatosh tumani «Keneges» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Fayz Jalil» fermer xo‘jaligida paxta qator oralarini sug‘orish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, Taxiatosh tumani hokimi K.Aytbayev, tuman prokurori A.Qipshaqbaev, tuman hokimining o‘rinbosarlari va bir qator mahalliy fermerlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida paxta yetishtirishda suvdan oqilona foydalanish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Teshayev o‘z nutqida paxtachilik sohasini rivojlantirish, fermerlarga ko‘maklashish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini qayd etdi.