Ellikqal’a tumanida g‘alla o‘rimi avjida: samarali hosil yig‘imi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazild

Hozirda Ellikqal’a tumanida dolzarb palla — g‘alla o‘rimi ishlari qizg‘in davom etmoqda. Rizq-ro‘zimiz manbai bo‘lgan bug‘doy dalalarida zamonaviy, yuqori rusumdagi kombaynlar samarali faoliyat yuritib, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishda muhim rol o‘ynamoqda. Har bir kombayn yordamida kun davomida katta hajmdagi bug‘doy o‘rib olinib, uning sara doni xirmonga yetkazilmoqda.

Tumandagi Sarabiy ovulida joylashgan «Sarabiy tolchi» fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rimiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar bobodehqonlarning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish masalalariga qaratildi

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi V.Niyazimbetov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, tegishli tashkilotlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Bu kabi seminarlar nafaqat tajriba almashish, balki tumandagi g‘alla o‘rimi jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.