Qonliko’l tumanida bug‘doy o‘rim-yig‘imiga bag‘ishlangan amaliy ko‘rgazmali seminar o‘tkazild
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, g‘alla yetishtirishda yuqori samaradorlikka erishish, hosildorlikni oshirish va ilg‘or agrotexnik tajribalarni amaliyotga joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda
Shu munosabat bilan Qonliko’l tumani «Oltinko‘l» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Shaxnoz Asel” fermer xo‘jaligida 2025-yilgi bug‘doy o‘rim-yig‘im ishlarini samarali tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan amaliy ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Qonliko’l tuman hokimi B.Sultonov, tumandagi tegishli tashkilot va muassasalar vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, o‘rim-yig‘im otryatlari rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Qonliko’l tumanida 152 ta fermer xo‘jaligi tomonidan jami 4200 gektar maydonda bug‘doy ekilgan. O‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida tumanda 9 ta otryad tashkil qilinib, har bir otryadga zamonaviy kombayn, yuk avtomashinasi, traktor tirkamalari hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi vositalar biriktirilgan.