FERMERLARGA VAZIFALAR BELGILANDI
Qorao‘zak tumani hokimligi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev hamda Qorao‘zak tumani hokimi A.Baymuratov rahbarligida qishloq xo‘jaligi ishlarining borishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi
Tadbirda ayni paytda g‘o‘za parvarishining agrotexnik tadbirlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, hosildorlikni oshirish maqsadida parvarish ishlarini kechiktirmasdan tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida fermerlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi. Ularning muammolarini bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.