✅ Ellikqal’ada ko‘rgazmali seminar – e’tibor markazida g‘o‘za parvarishi
Ellikqal’a tumanidagi «Saxtiyon azamati» fermer xo‘jaligi hududida g‘o‘zani chilpish (chekanka) qilish jarayonlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi V.Niyazimbetov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, tegishli tashkilotlar vakillari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar g‘o‘za parvarishining muhim agrotexnik bosqichlaridan biri – chilpish usullarini amalda kuzatib, ularning afzalliklari bilan yaqindan tanishdilar. Ma’lumki, chilpish hosilning erta va bir tekis pishishini ta’minlaydigan muhim agrotexnik tadbir bo‘lib, u hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashda alohida ahamiyatga ega.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.