Kegeyli suvchilariga zamonaviy skuterlar topshirildi

🏍 Bugun Kegeyli tumanidagi «Suv yetkazib berish xizmati» muassasasi xodimlariga 15 ta elektr skuter, planshet, xizmat kiyimlari va fonarlar tantanali ravishda topshirildi.

✅ Maqsad – suvchilarning ish sharoitini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirish, eng muhimi esa suvdan foydalanish samaradorligini kuchaytirish.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Shuhrat Teshayev ishtirok etdi.

📱️ Planshetlar – real vaqt rejimida ishlash imkoniyatini beradi. Skuterlar – harakatni tezlashtiradi.

🔦️ Yangi kiyim va fonarlar – qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Bu – suvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar!