MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIK
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari!
Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugungi kunda axborot tezligi, dolzarbligi va haqqoniyligi jamiyat taraqqiyotining ajralmas bir bo‘lagiga aylangan. Siz, aziz jurnalistlar, tahririyat xodimlari, blogerlar va ommaviy axborot vositalari sohasi vakillari – xalq bilan davlat, jamiyat bilan uning rahbarlari o‘rtasida mustahkam axborot ko‘prigini barpo etib, el-yurtimizga xizmat qilmoqdasiz.
Sizning fidokorona mehnatingiz, ijtimoiy adolat, shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini ilgari surishdagi hissangiz beqiyosdir. Ayniqsa, hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘istonimizdagi muhim islohotlarni yoritish, qishloq va suv xo‘jaligidagi o‘zgarishlarni aholiga yetkazish borasidagi faoliyatingiz tahsinga loyiq.
Shu munosabat bilan, sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ijodiy kuch-g‘ayrat va doimiy muvaffaqiyatlar tilayman. Qalamingiz o’tkir, e’tiboringiz teran, ijtimoiy ishonchingiz baland bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sh.Teshayev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari