Fuqaro murojaatlari eshitildi: Qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolar muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayevning navbatdagi sayyor qabuli Amudaryo tumanining «Choyko’l» ovul fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etildi

Sayyor qabulda Amudaryo tumani hokimi S.Xo’jametov, tegishli soha va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan asosan qishloq xo‘jaligiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ayrim muammolar joyning o‘zida hal etilib, murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, ko‘proq vaqt va chuqur tahlil talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan choralar belgilandi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ochiq muloqot orqali tizimli yechim topish hamda davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.