https://youtu.be/QPMgsvjqhOA?si=NXip0Elk-Ipk-41s Qo‘ng‘irotda yangi ishlab chiqarish loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ishchi guruhi yaqinda Qo‘ng‘irot tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan sanoat va agrar loyihalar bilan tanishdi. Tashrif davomida “QONYRAT GOLDEN EGG” MChJ parranda xo‘jaligida bo’ldi. 2023-yilda tashkil etilgan “QONYRAT GOLDEN EGG” MChJ bugungi kunda zamonaviy parranda xo‘jaligi sifatida faoliyat yuritmoqda. Korxona rahbari Ulug‘bek Asanovning ma’lum qilishicha, xo‘jalik tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, unda Germaniyada yetishtirilgan “Lohman Sandy” zotli tovuqlar boqilmoqda. Ushbu parrandalar Qonliko‘l tumanidagi “Agro Business Qanliko‘l” MChJ orqali olib kelingan. Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda xo‘jalikda 32 ming bosh tovuq parvarishlanmoqda. Yaqin orada bu ko‘rsatkich 40 ming boshga yetkazilishi rejalashtirilgan. Parranda kompleksi 4,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 7,5 million dona tuxum ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada hozirda 10 nafar mahalliy fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ishchi guruhi korxonaga tashrif buyurib, muammolarni tingladi va yechimlar yuzasidan tavsiyalar berdi.
Qo‘ng‘irotda yangi ishlab chiqarish loyihalari
94