«G‘allakorlar – Qoraqalpog‘istonning iftixori!» Qoraqalpog‘iston Respublikasi dehqonlari va fermerlari tomonidan g‘alla yetishtirish bo‘yicha belgilangan reja muvaffaqiyatli bajarildi. 2025-yil hosili uchun 119 628 tonna g‘alla topshirish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 119 639 tonna g‘alla yetishtirilib, davlatga topshirildi. Ushbu muvaffaqiyat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, agrar sektorni modernizatsiya qilish va aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashga qaratilgan strategik siyosatining amaliy ifodasidir. Davlat tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, fermerlarga ko‘rsatilayotgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash o‘z samarasini bermoqda. Dehqon va fermerlarning tinimsiz mehnati, agronomlarning bilim va tajribasi, soha xodimlarining fidoyiligi ushbu yuksak natijaga erishishda muhim rol o‘ynadi. Ular o‘z vazifalariga sidqidildan yondashib, mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatdilar. Ayni paytda hosilni qabul qilish, saralash, tozalash va saqlash ishlari nazorat ostida davom ettirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va uskunalar yordamida g‘allaning sifati va saqlanishi ta’minlanmoqda. Ushbu yutuq Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga va mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.